TIGblogs TIG | TIGblogs GROUP TIGBLOGS LOGIN SIGNUP
Abdusamad Hojihonov's blog
Hayotiy, qiziqarli voqealarimiz..

Xush kelibsiz azizlar!!!
Salom aziz do'stlar.
Men bu blogimni Insonlarni har kungi taassurotlari,hayotidagi qiziqarli voqealari, kulgili hodisalar haqidagi va albatta shu blogda o'rin olgan sizlarning xabarlaringiz haqidagi blogni yaratdim.Blogga o'zingiz bilan yoki do'st-u birodarlaringiz bilan bo'lib o'tgan suhbatlardagi qiziqarli voqealarni, o'zingizning ajoyib taassurotlaringizni kiritishingiz mumkin. Blogimning asosiy maqsadi bir birimizni o'zimizga begona bo'lgan jihatlarimizni bilib olishga yordam beradi deb o'ylayman.

Yana bir bor Xush kelibsiz!!!

January 10, 2007 | 6:39 AM Comments  3 comments

Tags:
You must be logged in to add tags.


Comments

Abdusamad Abdusamad Hojihonov
January 10, 2007 | 7:04 AM
Paxta mavsumida.
Opam paxta mavsumida o'rtoqlari bilan paxta tergani bir qishloqqa borishgan edi. Bir kuni o'rtoqlaridan biri idish-tovoq yuvmoqchi bo'lib, chuqur anhor bo'yiga borgan shunda idish-tovoqlarni yuvayotib, idish tovoqlar bilan birga o'zi ham anhorga tushib ketgan. Opamlar esa kechki ovqatsiz qolishgan. Chunki idish tovoqlar anhorda edida.
zilola87 Zilola Yunusova
January 17, 2007 | 7:32 AM
Aroq ichgan qo'shni ...
Yoz oylarining biri edi. Ayam bilan birga kechqurun kelayotgan edik. Shu paytda to'satdan yonimizdan bir aroq ichgan kishi kelib bizni qo'rqitib yubordi. Ayam bilan yugurganimizcha uyga qaytdik Shu kuni biz uydan tashqariga chiqmadik. Keyin bilsak u bizni yon qo'shnimiz ekan.
aboykuziyev91 Boykuziyev Alisher
February 1, 2007 | 4:20 AM
Salom
Salom Abdusamad!!! Qalaysiz? Yaxshi yuribsizmi? Ushbu ochgan blogingiz ilgargilariga o'xshab yaxshi chiqqan. Blog mavzusi juda xam yaxshi.

***
Mening ikki opam va 1 akam bor. Yoshlik paytimizda 2 ta kuchugimiz bor edi. Katta opam va menga bitta. Akam bilam kichikopamga bitta kuchuk edi. O'sha yoshlik paytlarimizning birida uyimizda 4talamiz qolgan edik. Soat kechasi 8 lar edi. Akamlarning kuchugi uxlab qoldi lekin bizning kuchuk hech xam uxlamadi. Keyin bizning kuchugimizni xam uhlatib berishini aytdik. Ularni qo'liga o'tishi bilanoq bizning kuchuk xam uxlab qoldi. Uxlagandan so'ng o'zimizning qo'limizga olishimiz bilanoq kuchuk uyg'onib ketdi. Bu xol 3-4 marotaba takrorlandi. Ushbu voqea mening xayotimdagi qiziqarli va esda qolarli voqealardan biri bo'lib qoldi
Abdusamad Hojihonov's Profile

Abdusamad Hojihonov's Friends


Latest Posts
Bahorda bahoriy...
Hayotiy, qiziqarli...
Imkoniyati cheklangan...

Monthly Archive
January 2006
January 2007
March 2007

Change Language


Filter By Type
News
Travel
Topics

Friends
Saiyora
Saiyora
Shokirbek
Teacher
Teacher
Teacher
Ulyana Ledenyova


6340 views
Important Disclaimer