TIGblogs TIG | TIGblogs TIGBLOGS GRUPALES ENTRAR INSCRíBASE
Abdusamad Hojihonov's blog
Bahorda bahoriy she'rlar!!!

Salom meni blogimga tashrif buyurgan aziz do'stlar.
Bahor uyg'onish davri. Bahorni kelinchakka qiyoslashadi.
Bahorda shoirlarimizning ilhomlari yanada jo'shib ajib she'rlar mutolaa qilishadi.
Bu blogga bahoriy she'rlar, bahor bayramlariga atalgan baytlar, hangomaviy, hazil she'rlar, inson hayratlantiradigan misralar o'rin oladi.

Bahor kelsa, yomon bo'larkan.
(Hazil)
Qiz bolaning uyqusi qochdi,
Derazani u asta ochdi.
Hayolini gullarga sochdi -
Bahor kelsa, yomon bo'larkan.

Yuragiga olovlar yoqdi,
Sochlariga piliklar taqdi.
Oynaga necha bor boqdi,
Bahor kelsa, yomon bo'larkan.

Guldan chambar qildi boshiga,
O'sma qo'ydi qalam qoshiga.
Sirin aytdi sinfdoshiga...
Bahor kelsa, yomon bo'larkan.

Keng osmonga sig'may qoldi oy,
O'zaniga sig'may qoldi soy,
Tuni bilan bezovtadir toy,
Bahor kelsa, yomon bo'larkan.

Shabnamda bosh yuvar chechaklar,
Kamzulini yechar kurtaklar,
Boshqacharoq urar yuraklar,
Bahor kelsa, yomon bo'larkan.

March 16, 2007 | 7:26 AM Comentarios  1 comentarios

Etiquetas:
Debes ingresar con tu usuario y cotraseña para agregar etiquetas.


Comentarios

Mahmudjon Mahmudjon Azamov
March 23, 2007 | 7:38 AM
Salom!
Sheringiz qiziqarli ekan haqiqatdan ham bahor da shoir va shoiralarning ilhomlari yanada jo'sh uradi bu sheringizdi bu narsani yaqol ko'ish mumkin, ijodingizda omadlar tolab qolaman!

Perfil de Abdusamad Hojihonov

Amigos de Abdusamad Hojihonov


Posteos Recientes
Bahorda bahoriy...
Hayotiy, qiziqarli...
Imkoniyati cheklangan...

Archivo Mensual
Enero 2006
Enero 2007
Marzo 2007

Cambiar idioma


Filtrar por Tipo
News
Travel
Topics

Amigos
Saiyora
Saiyora
Shokirbek
Teacher
Teacher
Teacher
Ulyana Ledenyova


10482 views