TIGblogs TIG | TIGblogs GROUP TIGBLOGS LOGIN SIGNUP
Abdusamad Hojihonov's blog


Bahorda bahoriy she'rlar!!!

Salom meni blogimga tashrif buyurgan aziz do'stlar.
Bahor uyg'onish davri. Bahorni kelinchakka qiyoslashadi.
Bahorda shoirlarimizning ilhomlari yanada jo'shib ajib she'rlar mutolaa qilishadi.
Bu blogga bahoriy she'rlar, bahor bayramlariga atalgan baytlar, hangomaviy, hazil she'rlar, inson hayratlantiradigan misralar o'rin oladi.

Bahor kelsa, yomon bo'larkan.
(Hazil)
Qiz bolaning uyqusi qochdi,
Derazani u asta ochdi.
Hayolini gullarga sochdi -
Bahor kelsa, yomon bo'larkan.

Yuragiga olovlar yoqdi,
Sochlariga piliklar taqdi.
Oynaga necha bor boqdi,
Bahor kelsa, yomon bo'larkan.

Guldan chambar qildi boshiga,
O'sma qo'ydi qalam qoshiga.
Sirin aytdi sinfdoshiga...
Bahor kelsa, yomon bo'larkan.

Keng osmonga sig'may qoldi oy,
O'zaniga sig'may qoldi soy,
Tuni bilan bezovtadir toy,
Bahor kelsa, yomon bo'larkan.

Shabnamda bosh yuvar chechaklar,
Kamzulini yechar kurtaklar,
Boshqacharoq urar yuraklar,
Bahor kelsa, yomon bo'larkan.

March 16, 2007 | 7:26 AM Comments  1 comments

Tags:


Hayotiy, qiziqarli voqealarimiz..

Xush kelibsiz azizlar!!!
Salom aziz do'stlar.
Men bu blogimni Insonlarni har kungi taassurotlari,hayotidagi qiziqarli voqealari, kulgili hodisalar haqidagi va albatta shu blogda o'rin olgan sizlarning xabarlaringiz haqidagi blogni yaratdim.Blogga o'zingiz bilan yoki do'st-u birodarlaringiz bilan bo'lib o'tgan suhbatlardagi qiziqarli voqealarni, o'zingizning ajoyib taassurotlaringizni kiritishingiz mumkin. Blogimning asosiy maqsadi bir birimizni o'zimizga begona bo'lgan jihatlarimizni bilib olishga yordam beradi deb o'ylayman.

Yana bir bor Xush kelibsiz!!!

January 10, 2007 | 6:39 AM Comments  3 comments

Tags:


Imkoniyati cheklangan o'quvchilarga yordam
Related to country: Uzbekistan


Bizning maktabimizda "Ishonch" klubi tashkil qilingan ushbu klub maktabda o'quvchilar o'rtasida bo'layotgan muammolarni yechishga, o'quvchi va o'qituvchini o'rtasidagi tafovutni yoqotihsga yordam beradilar. Shuningdek ushbu klub a'zolari imkoniyati cheklangan o'quvchilarni habar olib turadi,darslarini qilishga va maktabga kelishga yordam berib turishadi.Do'stlar yonimizda bo'lgan imkoniyati cheklangan o'quvchilarga yahshi munosabatda bo'laylik.

January 25, 2006 | 3:39 AM Comments  3 comments

Tags:




Abdusamad Hojihonov's Profile

Abdusamad Hojihonov's Friends


Latest Posts
Bahorda bahoriy...
Hayotiy, qiziqarli...
Imkoniyati cheklangan...

Monthly Archive
January 2006
January 2007
March 2007

Change Language


Filter By Type
News
Travel
Topics

Friends
Saiyora
Saiyora
Shokirbek
Teacher
Teacher
Teacher
Ulyana Ledenyova


6341 views
Important Disclaimer